Sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqarilgan avtoklavsiz gazobetonning fazaviy-strukturaviy xususiyatlari va issiqlik texnik ko‘rsatkichlarini baholash
DOI:
https://doi.org/10.56143/pv5s7f97Ключевые слова:
gazobeton, sanoat chiqindilari, avtoklavsiz texnologiya, g‘ovak struktura, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti, rentgenofazaviy tahlil, elektron mikroskopiya, fizik-mexanik xossalar, fazaviy tarkib.Аннотация
Ushbu maqolada sanoat chiqindilaridan, jumladan kvarts qumi va po‘lat eritish shlakidan foydalanilgan avtoklavsiz gazobeton namunalarining fazaviy-strukturaviy xususiyatlari va issiqlik texnik ko‘rsatkichlari tadqiq qilingan. Gazobeton tarkibidagi g‘ovaklarning o‘lchami, shakli va taqsimoti elektron mikroskopiya va rentgenofazaviy analiz usullari yordamida baholangan. Olib borilgan tajriba natijalariga ko‘ra, sanoat chiqindilari bilan boyitilgan gazobeton namunalarida issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,138–0,147 W/(m·°C) oraliqda aniqlangan. Tadqiqot natijalari g‘ovaklarning optimal o‘lchami va taqsimoti materialning issiqlik izolyatsion va mexanik xossalarini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. Gazobetonning mikrostrukturasi va mineral faza tarkibining tahlili uning energiya samaradorligi va mustahkamlik ko‘rsatkichlarini oshirish imkoniyatlarini belgilab berdi.