Архивы
-
MUHAMMADAMIN KABULOVICH TOHIROVNING TAVALLUDINING 80 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN “SAMARALI QURILISH MATERIALLARI, KONSTRUKSIYALARI VA TEXNOLOGIYALARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ILMIY ISHLARI TO‘PLAMI
Toshkent davlat transport universiteti Rossiya Arxitektura va qurilish fanlari akademiyasining akademigi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, texnika fanlari doktori, professor Muhammadamin Kabulovich Tohirovning tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Samarali qurilish materiallari, konstruksiyalari va texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya ilmiy ishlari to‘plami chop etildi.Muhammadamin Kabulovich kompozitsion qurilish materiallarining polistrukturaviy nazariyasini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan olimdir.
1995-yilda Muhammadamin Kabulovich Rossiya Arxitektura va qurilish fanlari akademiyasining (RAASN) xorijiy a’zosi etib saylangan, bu esa ularning qurilish materialshunosligi sohasiga qo‘shgan ilmiy hissasining xalqaro miqyosdagi e’tirofi bo‘ldi. Ular o‘z ilmiy faoliyati davomida 6 ta monografiya, 200 dan ortiq ilmiy maqola va 25 ta ixtiroga mualliflik guvohnomasi yaratganlar.Ushbu konferensiyaning asosiy maqsadi – qurilish materialshunosligi, bino va inshootlarni loyihalash hamda qurilish sohasidagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalarini muhokama qilish, shuningdek, muhandislik ta’limini takomillashtirish yo‘llarini aniqlashdir.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, shuningdek, muhim ilmiy tadqiqot natijalariga ega bo‘lgan ishlab chiqarish vakillari o‘z ilmiy ishlari bilan ishtirok etdilar.
“Samarali qurilish materiallari, konstruksiyalari va texnologiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- Resurs va quvvatni tejaydigan qurilish materiallari va texnologiyalari – zamonaviy ekologik va iqtisodiy talablarni qondirishga qaratilgan innovatsion yechimlar.
- Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, zamonaviy hisoblash va loyihalash usullari - muhandislik va texnologik yechimlarni takomillashtirish yo‘nalishlari.
- Arxitektura va shaharsozlik – estetik va funksional jihatlarni uyg‘unlashtirgan zamonaviy loyihalar yaratish.
- Zamonaviy muhandislik ta’limi tizimini takomillashtirish – kelajak mutaxassislarini yuqori malakali darajada tayyorlash uchun ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish.
Mazkur konferensiya ilmiy hamjamiyatning turli vakillarini bir joyga jamlab, qurilish materialshunosligi sohasidagi zamonaviy muammolar va istiqbollarni muhokama qilish uchun qulay platforma vazifasini bajardi.