Temir Yo‘l Qiyaliklarida Geomatlar Yordamida Eroziyani Kamaytirishni Baholash
DOI:
https://doi.org/10.56143/3030-3893-2026-3S-85-89Ключевые слова:
Eroziya, geomat, geosintetik materiallar, RUSLE modeli, temir yo‘l qiyaliklari, C-faktor, P-faktor, tuproq yo‘qotilishi, qiyalik barqarorligi, gidravlik barqarorlikАннотация
Mazkur maqolada temir yo‘l qiyaliklarida eroziya jarayonlarini kamaytirishda geomatlardan foydalanish samaradorligi RUSLE modeli asosida baholandi. Tadqiqotda yog‘ingarchilikning eroziyaviy ta’siri, tuproqning eroziyaga moyilligi, qiyalik geometriyasi hamda qoplama-boshqaruv omillari tahlil qilindi. Asosiy e’tibor RUSLE tenglamasidagi C va P omillariga qaratildi. ASTM D6459 standart sinovlari hamda ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida geomatlar va o‘simlik qoplami qo‘llanganda ushbu koeffitsientlar 0.4–0.6 oralig‘igacha kamayishi aniqlangan. Natijada qiyaliklarda yillik tuproq yo‘qotilishi sezilarli darajada kamayadi. Geomatlarning suv oqimi energiyasini pasaytirishi, tuproq zarrachalarining siljishini cheklashi va o‘simlik ildiz tizimi bilan birgalikda gidravlik barqarorlikni oshirishi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari geomatlarning temir yo‘l yer polotnosi qiyaliklarini eroziyadan himoyalashda samarali geosintetik yechim ekanligini ko‘rsatadi.