Turli shakllantirish usullarida vermikulit qo‘shimchali keramik parchaning tuzilishi
##semicolon##
https://doi.org/10.56143/7h0rvr72##semicolon##
ko‘pchitilgan vermikulit, sopol parchalari, yopishqoqlik, uzoq muddat chidamlilik, past zichlik, mexanik mustahkamlikAbstrak
Ushbu maqolada vermikulit qo‘shimchali keramika materiallarini shakllantirish usullari va ularning tuzilishiga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqotda turli shakllantirish texnologiyalari, jumladan, presslash, quyish va ekstruziya usullari orqali olingan namunalar taqqoslanadi. Vermikulitning keramika tarkibiga qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladigan mikrostrukturaviy o‘zgarishlar, g‘ovaklilik darajasi va mexanik xossalar tadqiq qilinadi. Maqolada, shuningdek, ushbu materiallarning yengilligi, issiqlik izolyatsiyasi va mustahkamlik kabi muhim xususiyatlariga ta’siri tahlil qilinadi. Olingan natijalar vermikulit asosli keramika materiallarining qurilish, issiqlik izolyatsiyasi va boshqa texnik sohalarda qo‘llanilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.