Oqova suv tizimlarida filtrlarni yuvish usullari va ularning samaradorligi

Mualliflar

  • K. Kuvondikov Toshkent davlat transport universiteti ##default.groups.name.author##
  • N. Xudayberganova Toshkent davlat transport universiteti ##default.groups.name.author## https://orcid.org/0009-0009-3365-5146
  • G. Rixsixodjayeva Toshkent davlat transport universiteti ##default.groups.name.author## https://orcid.org/0000-0003-2438-1939
  • E. Xayrullaev Toshkent davlat transport universiteti ##default.groups.name.author##

##semicolon##

https://doi.org/10.56143/3030-3893-2025-1S-42-45

##semicolon##

muallaq zarralar, oqova suv, neft-moy mahsulotlari, kvars qum, faollashtirilgan ko‘mir, faollashtirilgan bentonit, shag‘al, filtr, filtr yuklamasi.

Abstrak

Sanoat korxonalarida oqava suvlarini tozalashda ishlatilayotgan filtrlar uzoq muddat davomida texnik
qoidalarga amal qilinmasligi, ekspluatatsiya jarayonida to‘g‘ri foydalanilmasligi sababli ishlashga yaroqsiz
xolga kelib qolgan. Bunda asosan o‘rnatilgan filtrlarning o‘z vaqtida yuvilmasligi, almashtirilmasligi va
tekshirilmasligi o‘rganildi. Mazkur maqolada yuklamali filtrlarni yuvishning samarali usulini echimi ko‘rib
chiqildi. Tadqiqotning birinchi tajribasida filtrlar 15-20 ºS haroratli suv yordamida yuvilganda yuvish vaqti
16-25 daqiqa (uzoq muddat)ni tashkil qildi. YUqoridagi muammoning echimi sifatda laboratoriya tajribalarida
haroratni oshirib borish usuli tanlandi. Bu usul natijasi shuni ko‘rsatadiki, harorati yuqori suvlarda filtr
yuklamalarida qolib ketgan neft-moy mahsulotlari va sirt faol moddalarni yuvishda judayam foydali
hisoblanadi. Sababi yuqori haroratda neft-moy mahsulotlari va sirt faol moddalar erib filtr yuklamalari
sirtlaridan ajraladi, natijada filtr yuklamalarni yuvilish koeffitsienti past haroratli suv bilan yuvilish
koeffitsientidan yuqori bo‘ladi. Maqolada qo‘lanilgan filtr yuklamalari uchun teskari oqim sharoitida yuvish
suvining haroratini oddiy suv harorati (15-20 ºS)dan yuqori bo‘lgan harorat (50-60 ºS)ga almashtirilganda
filtrlarni yuvish vaqti 3 barobarga qisqarishi isbotlandi.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-02-12

##submission.howToCite##

Oqova suv tizimlarida filtrlarni yuvish usullari va ularning samaradorligi. (2026). Международный научный журнал «Инженер», 1(1), 42-45. https://doi.org/10.56143/3030-3893-2025-1S-42-45

O'xshash maqolalar

##common.pagination##

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.