Termiz shahar oqova suvlarni tozalash inshootida tozalangan oqova suvning tarkibiy tahlili

Mualliflar

  • J. Shukurov Toshkent davlat texnika universiteti ##default.groups.name.author##
  • O. Yunusov Toshkent davlat texnika universiteti ##default.groups.name.author##
  • S. Omandavlatov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti ##default.groups.name.author##
  • O. Ochildiyev Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti ##default.groups.name.author##

##semicolon##

https://doi.org/10.56143/3030-3893-2025-1S-20-22

##semicolon##

Oqova suv tozalash inshooti, oqova suv tahlili, pH ko‘rsatkich, davlat standarti, yog’lar, qattiq moddalar, KBBE, KBKE, neft mahsulotlari

Abstrak

Suv hayotni davomiyligini ta’minlovchi asosiy resursdir. Aholining tez o‘sishi, sanoatlashtirishning
o‘sishi, urbanizatsiya va qishloq xo‘jaligining keng tarqalishi mavjud ifloslangan oqava suvlarni ishlab
chiqarishga olib keldi. Har yiliga millionlab odamlar zararli mikroorganizmlar bilan ifloslangan ichimlik
suvi sabab bo‘lgan kasalliklardan vafot etadi. Dunyo bo‘ylab bolalar o‘limi va kasalliklarning 80%
yomon suv sifati bilan bog‘liq. Atrof-muhit bu ifloslantiruvchi moddalar tomonidan jiddiy xavf ostida.
Zararli moddalarni chiqindi suvdan olib tashlash muhim muammo hisoblanadi. An’anaviy tozalash
usullari ifloslangan suvni faqat 30-40% tozalash imkonini beradi. Tadqiqot ishimizda Surxondaryo suv
taminoti A/J ga qarashli, Termiz shahar oqova suvlarni tozalash inshootida uch bosqichda tozalash
jarayonlaridan chiqayotgan kanalizatsiya oqova suvlarining kimyoviy tahlilini olib borish uchun nisbatan
tozalangan oqova suvning ochiq suv havzasiga chiquvchi qimidan 20 sm chuqurlikda namunalar olindi.
Olingan namunalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Surxondaryo viloyati
boshqarmasi huzuridagi laboratoriyada eksperimentlar olib borildi. Olingan natijalar oqova suvni ochiq
suv havzasiga quyish uchun ruhsat etilgan davlat standartlaridagi me’yor ko‘rsatkichlari bilan
taqqoslanib tahlil qilindi.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-02-12

##submission.howToCite##

Termiz shahar oqova suvlarni tozalash inshootida tozalangan oqova suvning tarkibiy tahlili. (2026). Международный научный журнал «Инженер», 1(1), 20-22. https://doi.org/10.56143/3030-3893-2025-1S-20-22

O'xshash maqolalar

##common.pagination##

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.