MiDAS Civil dasturida kuchli seysmik yuklamalar ta’sirida uzluksiz monolit temirbeton ko‘priklarning fazoviy deformatsiyalanishi va ichki kuchlarining kritik holatlarini aniqlash va baholash
DOI:
https://doi.org/10.56143/3030-3893-2026-1S-109-111Ключевые слова:
transport inshootlari, ko‘prik, zilzilabardosh loyihalash, Midas Civil, chiziqli spektral tahlil, post-tensionАннотация
Maqolada MiDAS Civil dasturiy majmuasi yordamida spektral usul asosida uzluksiz monolit temirbeton ko‘prik inshootining fazoviy seysmik hisoblari natijalari bayon etiladi. Tadqiqotda ko‘prikning oraliq qurilmasi, oraliq va chekka tayanchlari, shuningdek oldindan zo‘riqtirilgan armatura tizimining birgalikdagi fazoviy ishlashi hisobga olingan holda inshootning fazoviy hisoblash modeli ishlab chiqilgan. Hisoblash modeli chekli elementlar usuli asosida shakllantirilib, unda konstruktsiyaning bikrlik xususiyatlari, egilish, buralish va ko‘ndalang siljish deformatsiyalarining o‘zaro ta’siri inobatga olingan. Spektral tahlil jarayonida me’yoriy seysmik ta’sirlarning ko‘prik konstruktiv elementlarida hosil qiladigan ichki kuchlar va ko‘chishlar baholangan. Olingan hisob natijalari uzluksiz monolit ko‘priklarning seysmik barqarorligini aniqlash, hisoblash sxemalarini aniqlashtirish hamda seysmik faol hududlar uchun konstruktiv-texnologik yechimlarni optimallashtirish imkonini beradi.