Sanoat chiqindilari asosidagi konstruksion gazobetonning texnologik xususiyatlarini tahlili
DOI:
https://doi.org/10.56143/3030-3893-2025-1S-259-263Ключевые слова:
gazobeton, issiqlik izolyatsiyasi, avtoklav, porozlik, zichlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti, sanoat chiqindilari.Аннотация
Maqolada gazobeton ishlab chiqarish texnologiyasining tarixiy rivoji, zamonaviy usullar va O‘zbekiston
olimlarining ushbu sohadagi hissasi qisqacha yoritilgan bo’lib shu bilan birgalikda avtoklavli gazobetonning
issiqlik izolyatsion xususiyatlari uning tarkibi, poroz tuzilishi va zichligi bilan bog‘liqligi nazariy jihatdan
tahlil qilingan. Tadqiqotda turli tarkibli gazobeton namunalari (standart, shlak va qumli chiqindilar qo‘shilgan
variantlar) solishtirilgan, ularning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti (λ), zichligi (ρ) va mustahkamligi
analiz qilingan. Natijalarga ko‘ra, sanoat chiqindilarini qo‘shish orqali gazobetonning issiqlik izolyatsion
qobiliyati 12–15% yaxshilanganligi, ayniqsa shlak va qumli chiqindilarning kombinatsiyasi optimal
ko‘rsatkichlar bergan yoritilgan. Bundan tashqari, gazobetonning λ qiymati uning zichligiga chiziqli bog‘liq
ekanligi matematik model (λ = f(ρ)) orqali o‘z ifodasini topgan.