Xo‘jaliklararo sug‘orish kanallarini gidravlik samaradorligini dala tadqiqotlari sharoitida baholash
DOI:
https://doi.org/10.56143/3030-3893-2025-1S-71-73Ключевые слова:
Suv sarfi, sug‘orish tarmog‘i, gidravlik samaradorlik, filtratsiya, dala tajribasi.Аннотация
Mamlakatimizdagi suv resurslarining 90-91 foizi qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan. Xo‘jaliklararo sug‘orish
kanallarining 80 foizdan ortig‘i tuproq o‘zanli bo‘lib, ushbu kanallarda suvning 30-35 foizi filtratsiya
natijasida yo‘qoladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti
o‘rtacha 0,63 ni tashkil etadi, bu esa suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish zarurligini
ko‘rsatadi. Ushbu maqolada Toshkent viloyatida joylashgan xo‘jaliklararo sug‘orish kanallarining gidravlik
samaradorligi dala sharoitida natilalar olib baholab chiqildi. Kanallarda suv sarfini aniqlash, filtratsiya
yo‘qotishlarini hisoblash va samaradorlikni oshirish yo‘llari taklif etildi.