Toshkent Davlat Transport Universiteti
DOI:
https://doi.org/10.56143/3030-3893-2025-1S-54-56Ключевые слова:
iqlim o‘zgarishi, gidroiqlim hodisalari, suv toshqinlari, sel-suv toshqini, O‘zbеkistаnАннотация
Iqlimiy o’zgarishlar qor qoplamining erish dinamikasiga va atmosfera yog‘inlari miqdori hamda shakliga o‘z
ta’sirini o‘tkazib, sel-suv toshqinlarining davriyligi va davomiyligi ortishiga sabab bo’lmoqda. Suv
toshqinlarining bir qancha turlari mavjud bo‘lib, arid mintaqada joylashga respublikamizda sel-suv toshqinlari
alohida o’rin tutadi. Sel-suv toshqinlari kelib chiqishida atmosfera yog‘inlari miqdori bilan birga hududning
topografik qiyofasi, tabiiy drenaj imkoniyatlari hamda hududdagi yerdan foydalanish holati muhim ro‘l
o’ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining 12 foiz hududi sel-suv toshqinlari xavfi mavjud mintaqalar
hisoblanadi. Maqolada sel-suv toshqinlarini tahlil qilish va potensial xavfli hududlarni aniqlashda sonli
statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Respublikada so’ngi 10 yillikda foydalaniladigan umumiy suv
resurslari miqdorida doimiy pasayish kuzatilmoqda. Suv resurslarining miqdoriy kamayishi fonida sel-suv
toshqinlari takroriyligining ortayotganligi aniqlandi. Tahlil natijalariga ko’ra Respublikamizning
Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari sel-suv toshqini xavfi bo’yicha II va III toifaga kelganligi,
sel-suv toshqinining ko‘p yillik o‘rtacha qaytarilishi 3 va undan yuqori ekanligi aniqlandi.