Yo‘l poyi gruntlarini vibratsion katoklar bilan zichlashtirishda optimal ish rejimlarini aniqlashdagi asosiy omillar
##semicolon##
https://doi.org/10.56143/3030-3893-2025-1S-148-150##semicolon##
zichlashtirish, vibratsiya, katok, yo‘l poyi, grunt, uyg‘otuvchi kuch, parametr,ishchi organAbstrak
Ushbu maqolada yo‘l poyi gruntlarini vibratsion katoklar bilan zichlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
va yo‘l tuzilmasini turg‘unligi, mustahkamligi va yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirishdagi ahamiyati
to‘g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Yo‘l poyi tuzilmasini barpo etish ketma - ketligi, texnologik
jarayonlarni bajarish tartibi va ishlatiladigan mashina – mexanizmlar berilgan. Zichlashtiruvchi
mashinalarni ishlab chiqarish, modernizatsiya qilish, ishchi organ va grunt orasidagi o‘zaro ta’sir
parametrlarini aniqlash shuningdek tadqiq etish bo‘yicha shug‘ullanadigan olimlar faoliyati izohlab
o‘tilgan..Katokni zichlaashtirishdagi o‘tishlar sonini katok massasi va grunt qatlami qalinligi orasidagi
bog‘liqlikni aks ettiruvchi qiymatlardan iborat jadval keltirib o‘tilgan. Katokning konstruktorlik va
vibratsion parametrlari orasidagi o‘zaro munosabatni aks ettiruvchi grafiklar qurilgan. Gruntlarni
dinamik va statik zichlashtirish jarayonini qo‘llash bo‘yicha fikrlar bildirilgan. Olingan natijalarni ishlab
chiqarishga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar kiritilgan