Dispers sistemalarning gidrotransportida quvurlarni yuvish uchun polimer kompozitsiyalarni o‘rganish

Авторы

  • M. Musajonov Toshkent davlat transport universiteti Автор
  • A. Ibadullayev Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор
  • U. Chorshanbiyev Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор

DOI:

https://doi.org/10.56143/refqe095

Ключевые слова:

Polimer kompozitsiyalari, gidrotransport quvurlari, dispers tizimalar, yuvish jarayonlari, bosim ta’siri, fizik-kimyoviy xususiyatlar, materiallar innovatsiyasi, samaradorlikni oshirish, quvurlarni tozalash, materiallarning mustahkamligi, gidrotransport tizimlari

Аннотация

Bu maqolada tog‘-kon sanoatining boyitish jarayonida hosi bo‘luvchi dispers sistemalarning gidrotransport quvurlarini yuvish uchun qo‘llanilgan sirt faol moddalar tahlil qilindi. Tadqiqot ishi davomida oqim jarayonida qattiq zarrachalarning tiqilib qolishining oldini oluvchi polimer kompozitsiyalarini yaratish va ularning bosimga ta’sirini ilmiy asoslash muammosi ko‘rib chiqildi. Gidrotransport tizimlari uchun polimer kompozitsiyalarining samaradorligini oshirish, tizimning uzoq muddatli ishlashini ta’minlash va quvurlardagi to‘planmalarni bartaraf etish maqsadida yangi materiallar ishlab chiqildi. Tadqiqotda polimer va kompozit materiallarning mexanik xususiyatlari, ularning bosim va yuvish jarayonlariga ta’siri, shuningdek, materiallarning mustahkamligi va uzun muddatli ishlashga chidamliligi o‘rganiladi. Bu polimer kompozitsiyalari, gidrotransport quvurlarining ishlash samaradorligini oshirishga, yuvish jarayonlarini tezlashtirishga va energetik sarfni kamaytirishga yordam beradi. Tadqiqotning ilmiy asosi, polimer kompozitsiyalarining fizik-kimyoviy xususiyatlari va ularga ta’sir etuvchi tashqi omillarni tahlil qilish orqali olib boriladi. Yangi polimer kompozitsiyalari gidrotransport tizimlarining gidravlik va iqtisodiy samaradorligini oshirish, ularning ishlash muddatini uzaytirish imkonini beradi.

Опубликован

2026-08-07

Выпуск

Раздел

Статьи

Как цитировать

Dispers sistemalarning gidrotransportida quvurlarni yuvish uchun polimer kompozitsiyalarni o‘rganish. (2026). Инженер, 1(1), 33-36. https://doi.org/10.56143/refqe095

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Похожие статьи

1-10 из 325

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.