Temirbeton temir yo‘l ko‘prigi oldindan zo‘riqtirilgan oraliq qurilmasining gorizontal harakatidagi massa bilan birgalikdagi tebranishi
DOI:
https://doi.org/10.56143/3030-3893-2026-1S-84-88Ключевые слова:
temirbeton, balka, armatura, to‘plangan kuch, to‘plangan massaАннотация
Ushbu ishda temirbeton temir yo‘l ko‘priklarini qo‘zg‘aluvchan yuk va qo‘zg‘aluvchan ossillyatorda mustahkamlikka hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Chekli elementlar va chekli ayirmalar usullaridan foydalanilgan. Parametrlari taqsimlangan balkaning harakatlanuvchi to‘plangan kuch va massa ta’siridagi tebranishlari masalasini sonli yechishda yukning harakat tezligiga bog‘liq holda vaqt bo‘yicha qadam tanlash bilan “parazit tebranishlar” yo‘qotildi. Misol sifatida harakatlanuvchi yuk yoki massa uchun Talgo lokomotivi massasi qabul qilindi. Massaning shunday harakat tezligi aniqlangan bo‘lib, undan past tezlikda harakatlanuvchi kuch modelidan foydalanish mumkin, aks holda ossillyator modeli qabul qilinishi shart. Ossillyatorning gorizontal tezligi ortishi bilan balkaning salqilligi ortadi, massaning vertikal tebranishlari ham ortadi.