Dispers sistemalarning gidrotransportida quvurlarni yuvish uchun polimer kompozitsiyalarni o‘rganish
DOI:
https://doi.org/10.56143/3030-3893-2026-1S-44-48Ключевые слова:
amplituda-chastota xarakteristikalari, oraliq qurilma, qo‘zg‘aluvchan tayanch qismlar hamda qo‘zg‘almas tayanch qismlar, og‘ir oraliq qurilma, tayanch yuqori qismi, kuchli zilzilalar, poydevor ustidagi hisobiy moment, tebranish davrlari, Oraliq qurilmalarni mahkamlashАннотация
Ushbu ishda ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarning seysmik xavfsizligini oshirish uchun yangi ishlab chiqilgan seysmik himoya tayanch qismlarini qo‘llash bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Eksperimental sinovlar natijalari asosida an’anaviy va yangi seysmik himoya tayanch qismlarining amplituda-chastota xususiyatlari taqqoslandi va yangi seysmik himoya tayanch qismlarining samaradorligi asoslandi. Bundan tashqari, grafiklar asosida ko‘priklarni seysmohimoyalash uchun tayanch qismlarini o‘rnatish sxemalari, maxsus himoyalanmagan tayanch tebranishlarining AChX, bitta oraliq qurilmani seysmoizolyatsiyalashda oraliq qurilma va tayanch yuqori qismining siljishlari, birinchi oraliq qurilma seysmohimoyaviy va ikkinchisi qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas tayanch qismlari bilan birlashtirilganda oraliq qurilma va tayanch yuqori qismining siljishining amplituda-chastota xarakteristikalari taqqoslangan.