Qumli gruntlarda temir yo‘l yer polotnosi ko‘tarma qiyaliklari ustuvorligini ta’minlash uchun dasturiy ta’minotlarlardan foydalangan holda matematik modellashtirish
DOI:
https://doi.org/10.56143/7mhyha93Ключевые слова:
temir yo‘l yer polotnosi, matematik modellashtirish,loyihalash, dasturiy ta’minot, ustuvorlik koeffitsienti geosintetik materiallar,qiyalik, qumli grunt, texnologiya, mustahkamlikАннотация
Ushbu maqola temir yo‘l qurilish sohasida matematik modellashtirish usullarini qo'llashga bag'ishlangan. Ish jarayonlarni optimallashtirish, xavflarni bashorat qilish va qurilish loyihalari sifatini yaxshilash uchun matematik modellardan foydalanishning asosiy tamoyillari va yondashuvlarni talab etadi . Maqolada qurilishda matematik modellardan foydalanishning afzalliklari va cheklovlari ham muhokama qilingan. Qurilishda matematik modellashtirishni rivojlantirish, optimallashtirish usullarini ishlab chiqish, 3D modellashtirish va virtual modellarni haqiqiy ishlab chiqarishda qo'llash, shuningdek, ma'lumotlarni tahlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqish istiqbollariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek ushbu maqolada Plaxis 2D va Geo-5 dasturiy ta’minotlaridan foydalangan holda qumli grunlarda temir yo‘l yer polotnosi ko‘tarma qiyaligining geosintetik materiallar bilan mustahkamlanmagan hamda mustahkamlangan holda ustuvorlik koeffitsienti hisobiy natijalari keltirilgan. Ushbu maqola qurilish, loyihalash va loyihalarni boshqarish sohasidagi mutaxassislar, shuningdek tegishli mutaxassisliklar talabalari va professor - o'qituvchilari uchun qiziqish uyg'otadi.