Issiqlik izolyasiyalovchi gazobetonning texnologik xususiyatlarini tahlili
DOI:
https://doi.org/10.56143/tzzfyn71Ключевые слова:
gazobeton, issiqlik izolyatsiyasi, avtoklav, porozlik, zichlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti, sanoat chiqindilariАннотация
Maqolada gazobeton ishlab chiqarish texnologiyasining tarixiy rivoji, zamonaviy usullar va O‘zbekiston olimlarining ushbu sohadagi hissasi qisqacha yoritilgan bo’lib shu bilan birgalikda avtoklavli gazobetonning issiqlik izolyatsion xususiyatlari uning tarkibi, poroz tuzilishi va zichligi bilan bog‘liqligi nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda turli tarkibli gazobeton namunalari (standart, shlak va qumli chiqindilar qo‘shilgan variantlar) solishtirilgan, ularning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti (λ), zichligi (ρ) va mustahkamligi analiz qilingan. Natijalarga ko‘ra, sanoat chiqindilarini qo‘shish orqali gazobetonning issiqlik izolyatsion qobiliyati 12–15% yaxshilanganligi, ayniqsa shlak va qumli chiqindilarning kombinatsiyasi optimal ko‘rsatkichlar bergan yoritilgan. Bundan tashqari, gazobetonning λ qiymati uning zichligiga chiziqli bog‘liq ekanligi matematik model (λ = f(ρ)) orqali o‘z ifodasini topgan.