Avtomobil yo‘llarida qum ko‘chishi uchun xavfli zonalarni hududlashtirish uchun sun’iy va GIS-texnologiyalari qo‘llash

Авторы

  • N. Jarilqapova Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор
  • X. Abdullayev Toshkent davlat transport universitetiti, Toshkent, O‘zbekiston Автор

DOI:

https://doi.org/10.56143/3030-3893-2026-2S-111-114

Ключевые слова:

qum ko‘chishi, xavfli zona, hududlashtirish, sun’iy intellekt, GIS, masofadan zondlash, avtomobil yo‘li, Sentinel-1, Random Forest, U-Net

Аннотация

Qum ko‘chishi va qum bo‘ronlari qurg‘oqchil hududlardagi avtomobil yo‘llari uchun ko‘rish masofasining qisqarishi, qoplama sirtining ishqalanish xususiyatlari pasayishi va ekspluatatsion xarajatlarning oshishi bilan bog‘liq kompleks xavf tug‘diradi [1], [2]. So‘nggi baholashlarga ko‘ra, quruq hududlar Yer quruqligining 40,6 % ini egallaydi, qum va chang bo‘ronlari esa 150 dan ortiq mamlakatdagi taxminan 330 mln aholiga ta’sir qiladi [1], [3]. Mazkur tezisda avtomobil yo‘llarida qum ko‘chishi uchun xavfli zonalarni aniqlash va besh toifada hududlashtirishda sun’iy intellekt (SI), masofadan zondlash va GIS integratsiyasiga asoslangan yondashuv taklif qilinadi. Sentinel-1/2, Landsat, ERA5-Land, DEM va yo‘l geometriyasi ma’lumotlarini birlashtirish orqali yo‘l uchastkalari bo‘yicha xavf ehtimolini dinamik baholash mumkinligi ko‘rsatildi. Adabiyotlar tahlili RF modeli uchun 96,2 % AUC, SVM uchun 0,94 AUC va desert yo‘llarini ajratishda U-Net uchun 89 % gacha IoU natijalarini qayd etadi [5], [6], [7]. Natijada O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlardan o‘tuvchi yo‘llar va ularga tutash xavf zonalari uchun monitoring, profilaktika va investitsiya ustuvorliklarini asoslashga xizmat qiluvchi amaliy hududlashtirish sxemasi ishlab chiqildi.

Опубликован

2026-06-10

Выпуск

Раздел

Статьи

Как цитировать

Avtomobil yo‘llarida qum ko‘chishi uchun xavfli zonalarni hududlashtirish uchun sun’iy va GIS-texnologiyalari qo‘llash. (2026). Инженер, 1(2), 111-114. https://doi.org/10.56143/3030-3893-2026-2S-111-114

Похожие статьи

21-30 из 299

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.