Ekspluatatsiya qilinayotgan transport tonnellarining texnik holatini monitoring qilish
##semicolon##
https://doi.org/10.56143/3030-3893-2026-1S-70-74##semicolon##
Transport tunneli, ekspluatatsiya, texnik holat, monitoring, geotexnik nazorat, saqlash, joriy ko‘rik, davriy ko‘rik, maxsus ko‘rik, sun’iy inshootlarni tekshirish va sinash, o‘tkazish qobiliyati, yuk ko‘tarish qobiliyati, chidamlilikni baholashAbstrak
Ushbu maqolada ekspluatatsiya qilinayotgan transport tonnellarining texnik holatini monitoring qilish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda tonnel konstruksiyalarining ekspluatatsiya jarayonida yuzaga keladigan deformatsiyalar, yoriqlar, cho‘kishlar hamda boshqa nosozliklarni aniqlash va baholashning zamonaviy usullari tahlil qilingan. Transport tonnellarining xavfsiz va ishonchli ishlashini ta’minlashda monitoring tizimlarining ahamiyati asoslab berilgan.
Ishda mahalliy va xorijiy ilmiy manbalar asosida geodezik, geotexnik va avtomatlashtirilgan monitoring usullarining afzalliklari va kamchiliklari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tonnel konstruksiyalariga ta’sir etuvchi tabiiy va texnogen omillar, jumladan, tog‘ jinslarining deformatsiyasi, grunt suvlarining ta’siri, seysmik faollik va yuklamalarning ortishi tahlil etilgan. Monitoring natijalari asosida texnik holatni baholash va avariyaviy holatlarning oldini olish imkoniyatlari yoritib berilgan.