Tahrir Siyosati
Tahririyat: muallifning irqi, millati, jinsi, diniy qarashlari, kelib chiqishi, fuqaroligi, ijtimoiy maqomi yoki siyosiy qarashlaridan qat’i nazar, qo‘lyozmaning intellektual mundarijasini baholaydi. Ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan qo‘lyozmalardagi hali e’lon qilinmagan ma’lumotlardan shaxsiy maqsadlar yo‘lida foydalanilmasligi va muallif roziligisiz uchinchi shaxslarga berilmasligini kafolatlaydi. Taqrizdan o‘tkazish jarayonida olingan muayyan qimmatga ega ma’lumot va g‘oyalarning konfidensialligini saqlash va shaxsiy foyda ko‘rish uchun ishlatilmasligini ta’minlaydi.
Tahririyat plagiat deb hisoblash uchun asoslar yetarli bo‘lgan materialning chop etilishiga yo‘l qo‘ymaslikka haqli.
Tahririyat o‘z faoliyatida quyidagilarni zimmasiga oladi:
– jurnalni muttasil takomillashtirish;
– fikr erkinligi tamoyiliga amal qilish;
– jurnal o‘quvchilari va mualliflari talablarini qondirishga intilish;
– materiallarni e’lon qilish haqida qaror qabul qilishda biznes va siyosiy manfaatlar ta’sirini istisno qilish;
– materiallarni e’lon qilish haqida qaror qabul qilishda quyidagi asosiy mezonlarga tayanish: qo‘lyozmaning jurnal tematikasiga mosligi; taqdim qilingan maqolaning aktualligi, yangiligi va ilmiy qimmati; ifodaning aniqligi; natijalar ishonchliligi va xulosalarning tugalligi. Tadqiqot sifati va aktualligini chop etish haqidagi qaror asosi deb bilish;
– e’lon qilinayotgan materiallarning yuqori sifatini ta’minlash va shaxsiy informatsiyaning konfidensialligini himoyalash uchun zarur barcha oqilona choralarni ko‘rish;
– maqolani e’lon qilish haqida yakuniy qarorni qabul qilishda taqrizchilarning tavsiyalarini hisobga olish. E’lon qilish haqidagi qaror uchun mas’ullik to‘laligicha tahrir hay’ati zimmasida qoladi;
– maqolani qabul qilgan yoki rad etgan holda o‘z qarorini asoslash;
– taqriz qilinayotgan material muallifiga o‘zining ilmiy mavqeini asoslashga imkon berish;
– tahrir hay’ati tarkibi o‘zgargan taqdirda avvalgi tarkibning materialni e’lon qilish haqidagi qarorini bekor qilmaslik.
Tahririyat ko‘rib chiqilgan qo‘lyozmalar yoki e’lon qilingan materiallarga taalluqli e’tirozlarni e’tiborsiz qoldirmaydi, shuningdek, ziddiyatli holatlar aniqlanganda huquq buzilishini bartaraf etish uchun zarur barcha choralarni ko‘rib chiqadi.