Jurnal to‘g‘risida
«Muhandis» xalqaro ilmiy jurnali asoschisi – Toshkent Davlat Transport Universiteti. “Muhandis” jurnali transport yo‘nalishidagi universitetlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning boshqa oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarning eng muhim natijalarini chop etadi. Jurnal yiliga 4 marta nashr etiladi va quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha nashrlarni o‘z ichiga oladi:
Muhandislik;
Umumiy muhandislik;
Aerokosmik muhandislik;
Avtomobil muhandisligi;
Qurilish va loyihalash muhandisligi;
Hisoblash mexanikasi;
Boshqaruv va Tizimlar muhandisligi;
Elektrotexnika va elektron muhandislik;
Sanoat va ishlab chiqarish muhandisligi;
Mashinasozlik;
Materiallar mexanikasi;
Xavfsizlik, risk, ishonchlilik va sifat;
Media texnologiyasi;
Sanoat va fuqaro binolarini qurilish;
Arxitektura.
Ilmiy jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalarni rivojlantirish agentligining 1183-sonli Guvohnomasiga ega.
Jurnalning ISSN raqami 3030-3893.
Jurnalda maqolalar ingliz tilida chop etiladi.